DETERMINATION OF ACTIVE PHARMACEUTICAL INGREDIENTS IN A COMBINED INFUSION SOLUTION BY HPLC: METHOD DEVELOPMENT AND VALIDATION
DOI:
https://doi.org/10.55475/jcgtm/vol5.iss5.2026.700Keywords:
HPLC, method validation, monoammonium glycyrrhizinate, infusion solution, hepatoprotective agent, ICH Q2(R1)Abstract
Two HPLC methods for the determination of monoammonium glycyrrhizinate, glycine, and L-cysteine hydrochloride in the combined infusion solution «GEPA-SEEM» were developed and fully validated in accordance with ICH Q2(R1). Both methods demonstrated high precision (RSD ≤ 0.22%), accuracy (recovery 98.5–101.5%), and linearity (R² > 0.999). Based on the results, an in-house pharmacopoeial monograph was established for the product.
References
Parenteral dori vositalarining sifatini nazorat qilish ularning xavfsizligi va samaradorligini ta'minlashning asosiy sharti hisoblanadi. Vena ichiga yuboriladigan infuzion eritmalar eng qat'iy sifat talablariga — sterillik, apirogenligi va FFIlarning aniq dozalanishiga — javob berishi shart [1, 2]. Shuning uchun har qanday yangi farmatsevtik preparatni ro'yxatdan o'tkazish uchun validatsiyalangan analitik usullar va farmakopeyasi standartlarini ishlab chiqish muqarrar zaruratdir.
«GEPA-SEEM» (QK MAS'UL. JAM. «SAMARKAND-ENGLAND ECO-MEDICAL», O'zbekiston) — uch faol farmatsevtik ingredientni o'z ichiga olgan yangi kombinatsiyalangan infuzion eritma: monoammoniy glitsirrizinati (MAG, 0,8 mg/ml), glitsin (8,0 mg/ml) va L-sistein gidroxlorid (0,6 mg/ml). MAG gepatotsitlarga nisbatan yaqqol yallig'lanishga qarshi, antioksidant va membranani barqarorlashtiruvchi ta'sir ko'rsatadi [3]. Glitsin jigarning detoksikatsiya reaksiyalarida ishtirok etadigan aminokislota bo'lib, sitoprotektiv xususiyatlarga ega [4]. L-sistein gidroxlorid — oltingugurt tutuvchi aminokislota bo'lib, glutationning prekursori sifatida hujayralarda antioksidant himoyani ta'minlaydi [5]. Ushbu komponentlarning sinergik ta'siri turli etiologiyali jigar kasalliklarida preparatning terapevtik ahamiyatini belgilaydi.
Adabiyotlarda kombinatsiyalangan infuzion matriksda uchala FFIni bir vaqtda yoki ketma-ket aniqlash uchun validatsiyalangan miqdoriy YUXXS usuli mavjud emasligi aniqlandi. Ushbu tadqiqotda ikkita spetsifik YUXXS usulini ishlab chiqish, ularni ICH Q2(R1) [6] bo'yicha to'liq validatsiya qilish va «GEPA-SEEM» uchun korxona farmakopeyasi maqolasini belgilash maqsadlari ko'zlangan.
Downloads
Published
How to Cite
License
Copyright (c) 2026 Sunnatulla U. Tugizboev, G'olib K. Toshev, Charos T. Toshtemirova, Volidakhon G. Umirdinova, Sevara M. Xazratqulova

This work is licensed under a Creative Commons Attribution 4.0 International License.
The authors of the articles published in this magazine are responsible for the scientific news and research results. This copyright is defined according to the international rule "Creative Commons "Attribution" 4.0".